Powergym +998 70 011 66 44

Zal ochmoqchimisiz?Avval qancha pul ketishini biling.

Binongiz va shahringizga qarab hammasini hisoblab beramiz: trenajorlarga qancha ketadi, har oy qancha chiqim bo'ladi, keyin pulingiz necha oyda qaytadi. Buning uchun pul olmaymiz.

Bepul hisob-kitob olish Hech narsaga majbur emassiz
2012yildan beri ishlaymiz
50+mijoz ishongan
2 tashowroom, kelib ko'rasiz

“Zal ochish qancha turadi?” Aniq javobsiz boshlamang

Zal ochmoqchi bo'lgan har bir tadbirkorning birinchi savoli shu. Lekin sport zal boshqa bizneslarga o'xshamaydi. Hisob-kitobsiz boshlaganlar ko'pincha shu to'rt xato tufayli keragidan ko'p pul sarflab qo'yadi:

Trenajorni chamalab oladi

Zalga sig'maydigan yoki kerak bo'lmaydigan trenajorlarga pul ketadi. Kerakli trenajor yetishmasa, kechqurun odamlar navbat kutib, boshqa zalga ketib qoladi.

Har oylik chiqimni hisoblamaydi

Trenerlar maoshi, svet, gaz, soliq har oy to'lanadi. Oldindan hisoblanmasa, foyda faqat qog'ozda qoladi.

Odam kelish-kelmasligini bilmaydi

Atrofda qancha yosh yashaydi, nechtasi zalga qatnaydi, buni hech kim hisoblamaydi. Natijada zal yarim bo'sh turadi.

Narxni boshqalarga qarab qo'yadi

Qimmat qo'ysa, odam kelmaydi. Arzon qo'ysa, zal to'lsa ham chiqimini qoplamaydi.

Biz zalingiz qancha turishini bir so'm ham sarflamasingizdan oldin raqamlarda ko'rsatamiz.

Raqamingizni qoldiring, to'rtta narsani bepul olasiz

Maqsadimiz bitta: zalingiz birinchi kundanoq to'g'ri hisob bilan ochilsin.

Zalingiz hisob-kitobi

Sizning binongiz va shahringiz uchun alohida tayyorlanadi. Unda shu savollarga javob bo'ladi:

  • Binongizga qaysi trenajorlar kerak va ular qancha turadi
  • Har oy qancha chiqim bo'ladi: maosh, svet, gaz, soliq
  • Zalingizga bir vaqtda necha kishi sig'adi
  • Atrofingizda qancha odam yashaydi va nechtasi zalga qatnashi mumkin
  • Yaqin atrofda boshqa zallar bormi
  • Abonementni qanchadan qo'ysangiz, odam ham keladi, foyda ham qoladi
  • Nechta mijoz bo'lsa, zal o'zini oqlaydi va pulingiz necha oyda qaytadi
Bepul

Zalingizning 3D loyihasi

Qaysi trenajor qayerda turishini zal ochilishidan oldin ko'rasiz. Joy ham, pul ham bekorga ketmaydi.

Bepul

Tajribali mutaxassis bilan suhbat

Pulingizga qaysi trenajorlarni olish to'g'ri va nimadan boshlash kerakligini ochiq gaplashamiz.

Bepul

Alohida narx

Shu sahifa orqali yozilganlarga trenajorlarga maxsus narx qilib beramiz.

Faqat shu sahifada
Hisob-kitobni olish

4 ta oddiy savol, bir daqiqa ham ketmaydi. Qolganini mutaxassisimiz telefonda so'raydi.

Biz jihozlagan zallar

Turli shaharlardagi mijozlarimizning zallari va ularning o'z fikrlari.

Qanday ishlaymiz

1

Raqamingizni qoldirasiz

4 ta oddiy savol: qayerda, qanday joy, qancha pul, qachon.

2

Mutaxassis qo'ng'iroq qiladi

Binongiz va rejangiz haqida batafsil so'raydi.

3

Hisob-kitob va 3D loyihani olasiz

Qancha sarflaysiz, oyiga qancha topasiz, pul qachon qaytadi. Hammasi raqamlarda.

4

Zalingizni jihozlaymiz

Faqat kerakli trenajorlarni, ortiqchasiz. Qaror sizda.

Bu siz uchun, agar:

  • Yaqin oylarda zal ochish niyatingiz bor
  • Binongiz bor yoki joy topib qo'ygansiz
  • Zalni qo'shimcha daromad manbai deb ko'ryapsiz
  • Pul tikishdan oldin hisobini ko'rib olmoqchisiz

Siz uchun emas, agar:

  • Uyingiz uchun bitta-ikkita trenajor kerak bo'lsa. Buning uchun powergym.uz bor
  • Zal ochish hozircha shunchaki xayol bo'lsa
  • Sifat emas, faqat eng arzonini qidirayotgan bo'lsangiz

Zalingiz hisob‑kitobini bepul oling

To'rtta savolga javob bering, bir daqiqa ham ketmaydi. Keyin mutaxassisimiz o'zi qo'ng'iroq qilib, zalingiz taxminan qancha turishini aytadi.

  • Hisob-kitob, 3D loyiha va maslahat bepul
  • Keyin bizdan trenajor olishga majbur emassiz
  • Raqamingizni boshqa hech kimga bermaymiz
1-savol / 520%

Zalni qaysi viloyatda ochmoqchisiz?

Ro'yxatdan tanlang

Zal uchun joyingiz bormi?

Joy taxminan qancha?

Trenajorlarga taxminan qancha pul ajratmoqchisiz?

Aniq bilmasangiz ham bo'ladi, taxminan belgilang.

Zalni qachon ochmoqchisiz?

Kimga qo'ng'iroq qilaylik?

Mutaxassisimiz shu raqamga qo'ng'iroq qiladi.

Rahmat, arizangiz keldi!

Mutaxassisimiz ish vaqtida (09:00–18:30) sizga qo'ng'iroq qiladi. Shoshilinch bo'lsa, o'zingiz qo'ng'iroq qiling: +998 70 011 66 44

Sizni qiziqtirgan savollar

Zal ochish taxminan qancha turadi?

Bu binoning kattaligiga, nechta trenajor kerakligiga va zal qanday darajada bo'lishiga bog'liq. Shuning uchun havoyi raqam aytmaymiz, binongizga qarab hisoblab beramiz. Pulingiz kam bo'lsa ham, unga mos variantini topamiz.

Hisob-kitob rostdan ham bepulmi?

Ha, bir so'm ham olmaymiz. Hisob-kitob, 3D loyiha va maslahat bepul. Raqamlarni ko'rasiz, keyin o'zingiz qaror qilasiz.

Keyin sizdan trenajor olishga majburmanmi?

Yo'q. Hisob-kitob sizda qoladi. Ma'qul kelsa, zalingizni birga jihozlaymiz. Ma'qul kelmasa ham, xafa bo'lmaymiz.

Men bu sohani bilmayman. Uddalay olamanmi?

Mijozlarimizning ko'pchiligi ham sizga o'xshab boshqa biznes egasi, zalni qo'shimcha daromad uchun ochadi. Trenajor tanlash va hisob-kitobni biz qilamiz, siz faqat qaror qabul qilasiz.

Binomning ikkinchi qavatiga zal qilsa bo'ladimi?

Bo'ladi, bunday so'rovlar ko'p keladi. Mutaxassisimiz maydon, shift balandligi va pol haqida so'raydi. 3D loyihada trenajorlarni shunga qarab joylashtiramiz.

Hisob-kitob uchun mendan nima kerak?

Zal qayerda bo'lishi, joy qanchalik kattaligi va taxminan qancha pul ajratmoqchi ekaningiz. Atrofdagi aholi, boshqa zallar, narxlar va chiqimlarni o'zimiz o'rganamiz.

Bepul hisob-kitob olish